08:45 / 29.11.2015
2376

Kamerunda terakt oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Kamerun shimolida terrorchi-xudkushlarning hujumi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda xavfsizlik manbalariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

“Ayni paytda 7 kishi, jumladan ikki xudkush halok bo‘lgani ma'lum”, deb aytdi manba.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2 nafar askar jarohat olgan.

Ayni paytda birorta terrorchilik guruhi ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi, biroq mintaqada oxirgi vaqtda “Boko Harom” terrorchilik guruhi faollashgan.

Top