Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:12 / 29.11.2015
4055
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonda masjiddagi ehson pullarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Qozog‘istondagi Oqko‘l shahrida masjiddagi ehson pullarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Khabar.kz nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, endilikda Amir Badriddinov ismli bu gumondor “harbiy jihod”ni o‘z oldiga maqsad qilganlikda ayblanmoqda. Taxmin qilinishicha, u o‘g‘irlangan pullarni Suriyaga ketish uchun sarflamoqchi bo‘lgan.
Bundan tashqari, Oqmo‘la viloyat politsiyasi rahbari Arman Qosimovning so‘zlariga qaraganda, Badriddinov Oqko‘l shahri hududida xalifalik qurishni rejalashtirgan.