14:10 / 30.11.2015
6853

Erdo‘g‘an va Nazarboyev Su-24 voqeasini telefon orqali muhokama qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyevga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ikki davlat rahbari o‘zaro munosabatlar istiqbollarini muhokama qilish barobarida, bir qator xalqaro va mintaqaviy masalalarni ham ko‘rib chiqishdi, deyiladi xabarnomada. Bu masalalar ichida eng asosiysi Su-24 voqeasi bo‘lgan.

Nazarboyev bo‘lib o‘tgan voqealardan xavotirda ekanligini bildirib, uzoq yillardan buyon tiklangan munosabatlarni saqlab qolishga chaqirgan. O‘z navbatida, Erdo‘g‘an yaqin vaqt ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Top