Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 30 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.
O‘zbekiston “kuchli pasportlar” reytingida 64-o‘rinni egalladi>>
AQShning The Washington Post gazetasi jahon mamlakatlari pasportining “kuchi”ni hisoblab chiqdi.
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2750 so‘mdan oshdi>>
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 1 dekabridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Suriyaga ketishda qo‘lga olingan yigitlar qilmishlaridan pushaymonligi uchun sud zalida ozod qilindi>>
Surxondaryo viloyat sudi Suriyaga ketishga harakat qilganida qo‘lga olingan yoshlar – Yusuf Esonturdiyev va Abdurahmon Eshqobilovni sud zalidan ozod qildi.
Toshkentda chaqiruv bo‘yicha kelgan tez yordam xodimi bemorning tilla buyumlarini o‘g‘irlab ketdi>>
Toshkentda chaqiruv bo‘yicha kelgan tez yordam xodimi bemorning tilla buyumlarini o‘g‘irlab ketdi.
O‘zbekiston TIV: O‘zbekiston delegatsiyasi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiya ishida ishtirok etmoqda>>
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015 yilning 30 noyabrida Parij shahrida ish boshlagan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasining (IO‘DK) 21-konferensiyasida ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonning sobiq bosh vaziri O‘tkir Sultonov olamdan o‘tdi>>
29 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonning sobiq bosh vaziri O‘tkir Sultonov 76 yoshida vafot etdi.
2015 yilning 8 oyi davomida 456 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojirining OITS (OIV)ga chalingani aniqlandi>>
2015 yilning 8 oyi davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 456 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri OITS (OIV) kasalligiga chalingani aniqlandi.
O‘zbekistonda 2021 yilgacha 40ta bolalar musiqa va san'at maktablari quriladi>>
O‘zbekiston hukumati yaqin 5 yil ichida 40ta yangi musiqa va san'at maktabi quriladi hamda 58tasi ta'mirdan chiqarilib, modernizatsiya qilinadi.
Toshkentda ikki abituriyentni o‘qishga kiritish bahonasida ulardan pul olgan firibgar ayol qo‘lga olindi>>
Toshkentda ikki abituriyentni o‘qishga kiritish bahonasida ulardan pul olgan firibgar ayol qo‘lga olindi.
Toshkent shahrida piyodani mashinasida urib, qochib ketgan haydovchi talaba 6 soat ichida ushlandi>>
Toshkent shahrida 33 yoshli piyodani mashinasida urib ketgan va voqea joyini tark etgan haydovchi qo‘lga olindi.
Qanday qilib Samarqandda yonib ketgan masjid binosi ikki kunda qayta tiklandi?>>
2015 yilning 23 noyabr kuni Samarqand shahridagi “So‘zangaron” mahallasida joylashgan Xoja Nisbatdor masjidi hududida yong‘in sodir bo‘lgan edi.