Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:49 / 30.11.2015
4636
1 daqiqa o‘qiladi
Nazarboyev: Mustaqillikni saqlab qolish uni qo‘lga kiritishdan ham qiyin ishga aylandi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston xalqiga murojaatini boshladi.
U o‘z nutqida davlat mustaqilligini saqlab qolish unga erishishdan ham qiyinroq ishga aylanganini qayd etib o‘tgan.
"Bir necha kunlardan biz davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi (16 dekabr - kun.uz izohi) nishonlaymiz. Biz o‘z mustaqilligimizni o‘tgan chorak asr davomida mustahkamladik. Ayni kunda mustaqillikni saqlab qolish unga erishishdan ko‘ra qiyinlashmoqda. Xuddi shu kunlarda ham biz buning guvohi bo‘lib turibmiz", deydi Nazarboyev.