Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3 dekabr kuni Federal yig‘inga murojaat yo‘llaydi. Murojaat translyatsiyasi Moskva vaqti bilan soat 12:00da amalga oshiriladi.
Ilgariroq Kreml murojaatni tayyorlash borasidagi ishlash boshlab yuborilganini xabar qilgan edi.
2014 yilda Putinning murojaati 4 dekabr kuni Kremlda amalga oshirilgan edi.
Rossiya prezidentining Federal yig‘inga murojaati davlat rahbari yaqin istiqbolda mamlakat taraqqiyotini qanday ko‘rishini aks ettiruvchi dasturiy siyosiy-huquqiy hujjat sanaladi. U siyosiy, iqtisodiy, g‘oyaviy holatlardan tashqari, parlamentning qonunchilik faoliyatiga doir konkret takliflarni ham o‘z ichiga oladi.