Sud Argentinaning sobiq prezidenti Karlos Menemga nisbatan 4,5 yillik qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda La Nacion xabar bergan.
U davlat mulkini talon-taroj qilishda ayblangan.
Ma'lumot uchun, Karlos Manem 1989 yildan 1999 yilgacha Argentinada prezidentlik qilgandi.
2013 yilda ham u Ekvador va Xorvatiyaga qurol kontrabandasini amalga oshirishda ayblangan va unga 7 yillik qamoq jazosi tayinlangandi.