07:47 / 01.12.2015
2537

Burkino-Fasoda 28 yil ichida ilk yangi prezident saylandi

G‘arbiy Afrikadagi Burkino-Faso mamlakatida prezidentlik saylovi o‘tkazildi va unda Mark Kabore g‘alaba qozondi. Bu haqda saylov komissiyasi ma'lumotlarida keltirilgan.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, 2014 yilning oktabrida Blez Kompaorening hokimiyatdan ag‘darilishidan keyin mamlakatni vaqtinchalikka Burkino-Fasoning BMTdagi elchisi Mishel Kafando boshqarib turgandi.

1960-yillarda mamlakat Fransiya mustamlakasidan ozod bo‘lganidan beri prezidentlar davlat to‘ntarishlari orqali hokimiyat tepasiga keladi. 1987 yilda Kompaore prezidentlikka saylangan, lekin bu saylov o‘ta shubhali o‘tgani qayd etilgan.

Shu yilning sentabrida navbatdagi davlat to‘ntarilishi amalga oshirilgan, lekin ko‘p o‘tmasdan harbiy general Jilber Dendere hokimiyatni qayta topshirgandi.

Top