Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:20 / 01.12.2015
6172
1 daqiqa o‘qiladi
Dovudo‘g‘li Rossiya bilan harbiy aloqa kanallarini yaratishga chaqirdi
Turkiya bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li kelajakda Su-24 bilan bo‘lgani kabi hodisalarning oldini olish uchun Rossiya bilan harbiy aloqa kanallarini yaratishga chaqirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, bosh vazir Anqara IShIDni Suriyadan quvib chiqarish ishida ishtirok etishda davom etishini qo‘shimcha qildi.