10:26 / 01.12.2015
3218

Gana prezidenti: G‘arb iste'molini cheklashi kerak, Yer imkoniyatlari chegarasiz emas

Ulkan mahsulot iste'molini talab qiladigan taraqqiyotning g‘arb modeli taqlid qilish uchun namuna bo‘la olmaydi, chunki Yer resurslari cheklanmagan emas, inson yashashi mumkin bo‘lgan boshqa sayyoralar esa kashf etilganicha yo‘q. 30 noyabr kuni Parijda Iqlim bo‘yicha BMT Jahon konferensiyasining ochilish marosimida so‘zlagan Gana prezidenti Jon Maxama shunday bayonot bilan chiqdi.

Uning qayd etishicha, haligacha sayyoramiz aholisining katta qismi qashshoqlik sharoitlarida yashamoqda. “Agarda Xitoy qisqa fursatlar ichida o‘zining ko‘p sonli fuqarolarini kambag‘allik sharoitidan chiqarib tarixiy muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa ham, Afrika, Janubiy-sharqiy Osiyo hamda Janubiy Amerikaning alohida hududlarida ko‘pchilik odamlar o‘ta qiyin sharoitlarda yashamoqda”, - dedi Maxama o‘z nuqtida.

Shu bilan bog‘liq ravishda prezident mazkur jamiyatlar aynan iqtisodiy va energetik taraqqiyot modelini tanlashi kerakki, u insoniyatni kambag‘allik holatidan chiqarib olishi va Yerdagi mo‘rt ekologik muvozanatni barbod etmasligi lozim. “Menga ma'lumki, hozirgacha bizning Yerimizdan boshqa birorta ham inson yashashi mumkin bo‘lgan sayyora topilgani yo‘q.

Zamonaviy va rivojlangan deb hisoblashimiz uchun maqbul hayot tarzini qo‘llab-quvvatlay oladigan Yer bizga yana qancha muddatga kerak? G‘arb yo‘sinida yashayotgan jamiyatlardagi iste'molning ayni paytdagi yuqori darajasi bizning mamlakatimiz kabi davlatlar uchun namuna bo‘la olmaydi”, - dedi Gana prezidenti.

Top