15:25 / 01.12.2015
2486

Manba: Chernogoriya 1,5 yil ichida NATOga a'zo bo‘lishi mumkin

NATOga a'zo mamlakatlarning doimiy vakillari Chernogoriyani alyans tarkibiga qabul qilish bo‘yicha loyihani muhokama qilishga kirishishgan. Bu haqda RIA Novosti agentligi o‘z manbasiga asosan xabar tarqatgan.

Manbaning aytishicha, Chernogoriya 1,5 yil ichida muhokamalar natijasiga ko‘ra, NATO a'zosiga aylanadi.

"Muhokama va ratifikatsiya jarayoni 1,5 yil vaqt talab qilishi mumkin", degan manba.
Sentyabr oyida Chernogoriya parlamenti ikki kunlik debatlardan so‘ng mamlakatning NATOga a'zo bo‘lishi haqidagi rezolyutsiyani qabul qilgandi.

2006 yilda mustaqilligini qo‘lga kiritgan Chernogoriya 2015 yil oxiriga qadar NATOdan a'zolik taklifini kutmoqda. Shunday taklifni qabul qilish uchun hukumat diplomatik frontda faol ish olib bormoqda, shuningdek, mamlakat ichkarisida ham NATOga a'zolikni qo‘llab-quvvatlovchi kampaniya olib bormoqda. Biroq o‘tkazilgan so‘rovnomalarda mamlakat aholisining yarmidan ozrog‘i ushbu tashabbusni yoqlashi ma'lum bo‘ldi.

Shuningdek, bunga qarshilar ham bor. Oktyabr oyida Chernogoriyada NATO bosh kotibini Putinning suratlari bilan kutib olishgandi.

Top