21:42 / 01.12.2015
4215

OAV: Istanbuldagi portlash yo‘l chetiga o‘rnatilgan bomba orqali yuzaga keldi

Istanbul shahridagi metro bekati yaqinida yuz bergan portlash yo‘l chetiga o‘rnatilgan bomba orqali yuzaga kelgani haqda xabar paydo bo‘ldi. Bu haqda NTV telekanalida ma'lumot berilgan.

Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda voqea hududida xavfsizlikni ta'minlash choralari kuchaytirilgan. Metroda poyezdlar, hududdagi yo‘llarda avtomobillar harakati to‘xtatilgan.

Voqea hududida o‘t o‘chiruvchilar va shifokorlar bo‘lib turishibdi.

Biroz oldinroq, shahardagi metroning Bayramposho bekatiga olib o‘tuvchi yo‘lakda porlash yuz bergani natijasida bir kishi halok bo‘lib, yana bir kishi jarohatlangani haqida xabar qilingandi. Dastlabki ma'lumotlarda transformatorda portlash sodir bo‘lgani aytilgandi.

Top