Turkiya parlamenti deputatlari bosh vazir Axmet Dovudo‘g‘lu hukumatiga ishonch bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Dovudo‘g‘lu hukumatini qo‘llab-quvvatlashga 315 deputat ovoz bergan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yangi vazirlar mahkamasi tarkibini tasdiqlagan edi. 1 noyabrda o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Dovudo‘g‘lu yetakchiligidagi Turkiya adolat va taraqqiyot partiyasi parlamentda ko‘pchilik o‘rinni olgan.