20:27 / 02.12.2015
3160

Pozner tolerantlikka munosabatini bildirdi

Rossiyalik mashhur jurnalist Vladimir Pozner “Biznes Online” nashriga bergan intervyusida tolerantlikka munosabat bildirdi. Suhbatdoshining bu atamani AQSh va Yevropa noto‘g‘ri tushunayotgani haqida taxminiga javoban u shunday dedi:

“Men fikrimni aniq ifodalab bermadim shekilli. Tolerantlik, birinchidan, o‘zlashma so‘z, uning ruscha varianti bor: bag‘rikenglik (terpimost). Ajoyib atama, gap boshqa fikr, boshqa qarash haqida ketsa. Bu ajoyib! Bag‘rikenglik chegarasi bormi? Masalan, o‘zgacha fikr boshqalarning huquqlarini poymol qilsa? Bunga chidash kerak emas. Lekin, boshqa tomondan, Fransiyada Shimoliy Afrikadagi sobiq mustamlakalari – Jazoir, Marokash, Tunisga nisbatan aybdorlik hissi bor. Germaniyada – Birinchi va Ikkinchi jahon urushi tufayli aybdorlik hissi. Bu mana shunday tolerantlikka olib keldi: bu boshqa madaniyat, boshqa din, boshqa odat odamlari ekanligini aytish fashizm deb baholanadi; agar ular biznikiga yashashga kelsa, biz ularning barchasini qabul qilishimiz lozim”.

Top