18:39 / 02.12.2015
5937

Rossiya Mudofaa vazirligi: Turkiya orqali jangarilar Suriyaga ommaviy ravishda o‘tmoqda

Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotlarida keltirilishicha, Turkiya hududidan Suriyaga keyingi hafta davomida 2 ming jangari o‘tgan.

"IShIDning neftlari nafaqat pulga aylanmoqda. Jangarilar nefti Turkiyadan qurollar, o‘q-dorilar va yollanma kishilar ko‘rinishida qaytib kelmoqda. Faqat oxirgi haftaning o‘zida Turkiyadan Suriya hududidagi IShID yoki "Jibhod-an-Nasra" guruhiga 2000 yollanma jangari kirib keldi. Ular bilan birga 120 tonnadan ortiq miqdordagi o‘q-dori hamda 250ta turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan avtomobillar va texnik vositalar kelgan", deydi Mudofaa vazirligining Milliy boshqaruv markazi rahbari Mixail Mizintsev.

Biroz oldinroq, Rossiya Mudofaa vazirligi Turuiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning oilasi terrorchilardan neft sotib olayotganini isbotlovchi dalillarga egaligini bildirgandi.

Top