17:36 / 02.12.2015
5303

Shoir Botir Ergashevning "Allohimga aytib ber" nomli kitobi nashrdan chiqdi

Shoir Botir Ergashevning "Allohimga aytib ber" deb nomlangan yangi kitobi nashrdan chiqdi. Hozirda kitob 5000 nusxada chop etilgan.

Shoir ushbu yangi kitobini marhum ustoz shoir Muhammad Yusufning o‘chmas xotirasiga bag‘ishladi. Ungacha shoirning “Mani sevib qolsayding”, “Olaver, hayotim seniki”, “Qizim sizga o‘xshasin”, “Yaxshiyam sen bor”, “Kundan kun yaxshi” nomli kitoblari nashr etilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Allohimga aytib ber” she'ri Ozodbek Nazarbekov tomonidan qo‘shiq qilingan va katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. 

Top