14:59 / 03.12.2015
2099

AQSh elchisi TIAISVga tashrif buyurdi

1 dekabr kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Amerika qo‘shma shtatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spartlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki yoqlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik borasida muhim masalalar muhokama qilindi. Tomonlar joriy yilning oktabr oyida Vashington shahrida 120dan ortiq Hukumat insititutlari, AQShning yetakchi kompaniya va bank-moliya tashkilotlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi yig‘ilishining yakunlariga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, 2015-2016 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish Dasturida ko‘zda tutilgan, O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayoni doirasida loyihalarni amalga oshirishda aynan Amerika kompaniyalarini jalb qilish masalalari ham alohida muhokama qilindi.

Shu o‘rinda, Amerika biznesining O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqishi ortib borayotgani ta'kidlandi. Bunga joriy yilning noyabr oyida Xalqaro Investitsiya forumi ishida AQShning 13ta kompaniyasining ishtirok etgani va ular bilan yangi hamkorlikdagi investitsiyaviy loyihalarni hamda aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini sotib olish bo‘yicha 8ta hujjat imzolangani misol bo‘la oladi.

Top