19:36 / 03.12.2015
2442

OAV: Bangkokdagi teraktga tayyorgarlik ko‘rgan oilaviy juftlik qo‘lga olindi

Oilaviy juftlik — Tailand fuqarosi bo‘lgan ayol va uning Turkiya fuqarosi sanalgan turmush o‘rtog‘i 2015 yilning 17 avgust kuni Bangkokdagi teraktga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda Nation nashri politsiyadagi axborot manbasi ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.

Axborot manbasi so‘zlariga ko‘ra, tailandlik Vanna Suanson va uning turmush o‘rtog‘i turkiyalik Emrash Dovudo‘g‘li qo‘lga olingan. Oilaviy juftlik terroristlarga boshpana va portlovchi qurilmalarni ishlab chiqish uchun bino taqdim etganlikda ayblanmoqda.

Bundan avvalroq esa Tailand milliy politsiyasi vakili polkovnik Sivara Rangsibraxmanakun jurnalistlarga Tailand sudining qamoqqa olish haqidagi orderiga binoan xorij mamlakatlarida bir qancha gumondorlar qo‘lga olinganini ma'lum qilgan edi. Ayni paytda ularni Tailandga ekstraditsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Top