12:46 / 03.12.2015
3025

Qrimda 826 ming kishi elektr ta'minotisiz qolmoqda

826 ming qrimlik elektr ta'minotisiz qolmoqda, deya xabar bermoqda Rossiya energetika vazirlining Situatsion-tahliliy markazi.

“3 dekabr kuni 7.00 holatiga ko‘ra, xo‘jalik iste'molchilari (825900 kishi) elektr ta'minotisiz qolmoqdq”, - deyiladi xabarda. Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, gaz turbinali mobil elektrostansiyalar uchun to‘plangan yonilg‘i zaxirasi barcha turbina qurilmalarining 20 kun davomida ishlashini ta'minlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni Ukraina hududida elektr tarmog‘ida sodir etilgan portlash natijasida Qrim yarimoroli elektr ta'minotisiz qolgan edi. Shu munosabat bilan hududda favqulodda holat e'lon qilindi.

Top