16:39 / 04.12.2015
2040

2021 yilgacha Qozog‘istondagi barcha uylar issiqlik hisoblagichlari bilan ta'minlanadi

Yaqin besh yil ichida Qozog‘istondagi barcha uylar issiqlik hisoblagichlari bilan ta'minlanadi. Bu haqda milliy iqtisodiyot vazirligi qoshidagi tabiiy monopoliyalarni nazorat qilish va raqobatni himoya qilish qo‘mitasi raisi Serik Jumangarin ma'lumot berdi.

“Energiya tejash maqsadlarida tegishli mexanizm ishlab chiqilgan bo‘lib, u hisob-kitob uskunalaridagi xizmat hajmini nazorat qilib borishga yordam beradi. Bu ish yaqin 5 yil ichida yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda bunday uskunalar bilan ta'minlanganlik 43.6 foizni tashkil qiladi. Ostonada bu ko‘rsatkich 99.84 foizga teng”, - dedi u markaziy kommunikatsiyalar xizmatida o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

Top