Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:58 / 04.12.2015
8559
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: IShID navbatdagi zarbani Buyuk Britaniyaga berishi mumkin
Buyuk Britaniya IShID terrorchilik tashkilotining navbatdagi nishoniga aylanishi mumkin. Bu haqda razvedka manbasi ma'lumotiga asoslanib, CNN xabar bermoqda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar safida Buyuk Britaniyadan borgan 700 nafar odam bo‘lib, ular istalgan vaqt mamlakatga qaytib, qator teraktlar uyushtirishi mumkin.
Shuningdek, ayni damda mamlakat huquq-tartibot idoralari xodimlarida Fransiyada terakt sodir etgan terrorchilarning Buyuk Britaniyaga o‘tgani to‘g‘risida yetarli ma'lumotlar mavjud emasligi aytib o‘tilgan.