21:21 / 04.12.2015
3994

Qirg‘izistonda aloqa operatorlaridan 1 yanvargacha somda hisob-kitob qilishga o‘tish talab qilinmoqda

Qirg‘iziston antimonopol tartibga solish agentligi mahalliy aloqa operatorlariga hisob-kitoblarni somda amalga oshirish majburiyatini qo‘ymoqda. Bu haqda agentlikda ma'lum qilindi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, aloqa operatorlari Qirg‘iziston ichki bozorida tarmoqlararo ulash narxini belgilashda xorijiy valyutadan foydalanishlari aniqlandi.

“Milliy bank to‘g‘risidagi” qonun va Fuqarolik kodeksiga muvofiq, pul majburiyati milliy valyutada ifodalanishi va to‘lanishi kerak. Agentlik «Alfa Telekom», «Qirgiztelekom» va «Skay Mobayl» kompaniyalari nomiga 2016 yil 1 yanvarigacha tarmoqlararo ulashning narxini belgilashda qirg‘iz somlaridan foydalanish talabini yubordi.

Top