23:27 / 05.12.2015
3148

Ozarbayjonning Kaspiy dengizidagi neft platformasida yong‘in chiqib, 32 kishi halok bo‘ldi

Ozarbayjonning Kaspiy dengizi hududidagi “Gyuneshli” neft-gaz platformasida yong‘in kelib chiqqan. Natijada 32 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Ozarbayjonning neftkompaniyasi (SOCAR) tarqatgan xabarda ma'lum qilingan.

Yong‘in juma kuni soat 17.40da o‘ninchi statsionar platformada gaz liniyasining liniyadan chiqib ketishi oqibatida yuzaga kelgan.

Yong‘in sodir bo‘lishidan oldin platformada 84 kishi bo‘lgan. Birinchi navbatda platformadagi ishchilarni evakuatsiya qilish choralari ko‘rilgan. Ob-havoning noqulayligi bois qutqaruv ishlari qutqaruv kemalarining voqea joyiga yaqinlashishida muammolarni keltirib chiqargan.

Dastlabki xabarlarda 25 kishi qutqarilgani aytilgandi.

Top