17:58 / 05.12.2015
17443

O‘zbekistonda 8 dekabr kuni qalin qor yog‘ishi kutilmoqda

Toshkent shahrida 8 dekabr kuni qattiq sovuq bo‘lishi va qalin qor yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 8-9 dekabr kunlari butun mamlakat hududlari bo‘ylab qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bu kunlarda kunduzgi o‘rtacha harorat +2...+8 darajani, kechasi esa -2...-5 darajani tashkil qilishi mumkin.

Respublikning tog‘li hududlarida ham qor yog‘ishi va harorat kechasi -8 darajagacha tushishi mumkin.

Top