09:45 / 06.12.2015
21979

Islom Karimov prokuratura organlari faoliyatini keskin tanqid qildi

Mamlakatimiz prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida prokuratura organlari faoliyatini keskin tanqid qildi.
“Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha asossiz tekshiruvlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilinganiga qaramasdan, ana shu soha vakillari bunday holatlar va boshqa qonunbuzarliklar davom etayotganidan shikoyat qilmoqda», - dedi Islom Karimov.
“Bunday holatlarni qayd etar ekanmiz, Bosh prokuratura O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qilish (Konstitutsiyaning 118-moddasi) bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan konstitutsiyaviy vazifani qay darajada va qanchalik samarali bajarmoqda, degan savol tug‘iladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning 9 oyida Bosh prokuraturaga fuqarolardan prokuratura xodimlari ustidan 426 ta shikoyat kelib tushgan. Mazkur shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 45 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan, 22 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilingan, 33 nafar xodim prokuratura organlaridan bo‘shatilgan.
O‘z-o‘zidan ravshanki, ana shu raqamlar va prokuratura tizimidagi ahvol bizni qoniqtirmaydi, albatta. Shu munosabat bilan Oliy Majlis Senati qisqa muddatda prokuratura faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish va uning faoliyati qonuniyligi masalasini ko‘rib chiqishi zarur”.

Top