08:17 / 06.12.2015
3067

London metro stansiyasidagi hujum oqibatida 3 kishi jabrlandi

London metrosining Leytonstoun stansiyasida bir erkakning yo‘lovchilarga hujum qilishi oqibatida 3 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlardan biri jiddiy, yana ikki kishi o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar olgan. Huquq-tartibot muassasalari vakili OAVlarning bosqinchi qo‘lga olinishi paytida “Bu Suriya uchun” deb hayqirgani haqidagi ma'lumotlarga izoh berishdan bosh tortdi.

Avvalroq Britaniya politsiyasi Leytonstoun stansiyasidagi ushbu hujumni terakt sifatida talqin qilinganini ma'lum qilgandi.  

OAVlarda ma'lum qilinishicha, bosqinchi “Bu Suriya uchun” deb baqirib, metrodan chiqish joyida yo‘lovchilarga uzun pichoq bilan hujum qilgan.

Top