10:55 / 06.12.2015
3658

Universitet rektori Kaliforniya teraktidan so‘ng talabalarga o‘qishga qurol olib kelishga ruxsat berdi

AQShning Virjiniya shtati, Linchberg shahridagi Liberti universiteti rektori yuz berishi mumkin bo‘lgan teraktlardan himoyalanish maqsadida o‘qituvchi va talabalarga o‘zlari bilan qurol olib kelishlariga izn berdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

U, shuningdek, talabalarni Kaliforniya voqealaridan so‘ng o‘zlari bilan doimiy ravishda to‘pponcha olib yurishga chaqirdi. U gapining isboti tariqasida shimining orqa qismida qistirilgan to‘pponchani ko‘rsatgan. Bu ishni tadbir bo‘lib o‘tayotgan joyda amalga oshirgan. “Bu qanchalik qonuniy, bilmayman”, — deb aytgan Foluell.
Shu bilan birga u oliy o‘quv yurtlarida o‘qotar qurollardan to‘g‘ri foydalanish darslari kiritilishi lozimligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Top