22:09 / 06.12.2015
4444

Xitoyda Konfutsiy davriga mansub qabriston topildi

Xitoyning Xenan viloyatida miloddan avvalgi 771-476 yillarga mansubligi taxmin qilinayotgan yirik qabriston aniqlandi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Bu davr Konfutsiy yashagan Chuntsyu davriga tegishlidir.

200 kvadrat metr maydonga ega majmua 200 ta qabr, 8 ta arava va otlarga ega ko‘mish o‘rasi, 10 ta yoqish pechi hamda 30 ta kul uchun o‘radan tashkil topgan.

Chuntsyu davri iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va buning oqibatida qadimiy Xitoy aholisining ko‘payishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, o‘sha davrda ba'zi xonliklar o‘rtasida ixtilof kuchayib ketgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy donishmandi Konfutsiy miloddan avvalgi 551 yilda tug‘ilib, 479 yilda vafot etgan. Uning ta'limoti konfutsiylik deb nomlangan diniy-falsafiy tizim asosiga yotgan. Ushbu ta'limotning asosiy g‘oyasi farovon jamiyatni qurishdan iborat bo‘lib, unda shaxs umumiy farovonlikka bo‘ysungan muayyan vazifani bajaradi.

Top