16:07 / 07.12.2015
7116

Korzinka.uz atrofida o‘ralashib yurgan valyutafurushlar qo‘lga olindi

SVOJJDLQK departamentining Sirg‘ali tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelayotgan bir qator shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Bo‘lim xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida joylashgan Korzinka.uz savdo majmuasi atrofida o‘tkazilgan tadbirda qonunga zid faoliyat bilan shug‘ullanayotgan Umar Salimov bilan Tolib Tursunovlar qo‘lga olindi. Ular savdo majmuasi avtoturargohida fuqaro Iroda Yakubovaga 17 500 dollarni sotayotgan paytda qo‘lga olingan.

Valyutachilar yonidan 64.75 mln so‘m topildi.

Top