08:58 / 07.12.2015
5590

OAV: AQSh razvedkasi IShID jangarilari sonining oshayotganidan ogohlantirdi

AQSh razvedkasi Oq Uy buyurtmasiga asosan tayyorlangan hisobotda mamlakat ma'muriyatini IShID guruhi saflaridagi jangarilar soni tez o‘sayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda The Daily Beast nashri yozmoqda.

Yangi hisobotda aytilishicha, terrorchi guruh Iroq va Suriyadagi hududlarini boy bermas ekan, uning tarafdorlari soni dunyo bo‘ylab oshib boraveradi. Yaqindagina Barak Obama o‘z chiqishida buning teskarisini ta'kidlab, IShIDning ta'sirini cheklashga erishilayotganini xabar qilgan edi.

Hisobot matni bilan tanishib chiqqan Obama Pentagon rahbari Esh Karter va AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi rahbari Jozef Danforddan IShIDni yo‘q qilish bo‘yicha yangi tavsiyalar ishlab chiqishni so‘ragan. Bunday tavsiyalardan biri Iroq va Suriyada reydlar o‘tkazish uchun u yerda maxsus guruhlar joylashtirish bo‘ldi.
Nashrning ma'lum qilishicha, 8 betlik hisobot Parijdagi teraktlardan bir necha hafta muqaddam tayyorlangan.

Top