22:24 / 07.12.2015
5017

12-13 dekabr kunlarida Shuhrat Daryo Turkiston san'at saroyida jonli ijroda konsert beradi

Shu yilning 12-13 dekabr kunlari Toshkentdagi Turkiston san'at saroyida xonanda Shuhrat Daryoning "Baxt kulib" deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturi taqdim etiladi. Mazkur konsert afishasi xonandaning shaxsiy internet sahifasi orqali e'lon qilingan.

Bu yilgi katta konsert dasturlari ichida bu ikkinchi 100 foizli konsert dasturi bo‘lishi aytilgan.

"Jonli ijroda taqdim etilayotgan konsert dasturiga tushgan inson ketgan vaqtiga ham "aqchasi"ga ham achinmaydi. Shu sababli, yana bir marotaba 12-13 dekabr kunlari barchangizni Turkiston san'at saroyiga taklif etib qolamiz. Doimo sodda, shirin xotiralarni yodga soluvchi, umumiy qilib aytganda, xalq tilida kuylaydigan xonandaning konsert dasturida kutib qolamiz", deyiladi bu haqda xabar bergan manbada.

Top