17:11 / 07.12.2015
2150

WP: AQShda OIV bilan og‘rish 19 foizga kamaydi

AQShda oxirgi 10 yil ichida OIV kasalligi bilan og‘riganlar soni 19 foizga kamaygan. Bu haqda kasallik nazorati va profiliktikasi Markazi ma'lumotiga asoslanib, The Washington Post gazetasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, OIV bilan kasallanish ko‘rsatkichi bir jinsli munosabatlarda (erkaklar o‘rtasida) 6 foizga oshgan. Ular butun ro‘yxatga olinganlarning 67 foizini tashkil etadi. 2014 yilda 26 ming ana shunday holat ro‘yxatga olingan.

Nashrning ma'lum qilishicha, 1,2 mln amerikalikka OIV tashxisi qo‘yilgan.

Top