17:49 / 08.12.2015
5795

Bayden: Rossiya chegaralarni kuch bilan o‘zgartirishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak

AQSh prezidenti o‘rinbosari Jozef Bayden Ukraina Oliy Radasidagi chiqishida XXI asrda birorta davlatning chegaralarni kuch bilan o‘zgartirishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta'kidladi. Uning so‘zlarini “Ukrainskaya pravda” nashri keltirmoqda.

“XXI asrda davlatlar chegarani kuch bilan o‘zgartira olmaydi, biz bunga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim. Bu asosiy qoidadir”, - ta'kidladi u.

Uning ishonishicha, “Rossiya bu qoidani buzdi va buzishda davom etmoqda”.
Bayden AQSh Qrimning Rossiyaga qo‘shilishini hech qachon tan olmasligini ta'kidladi.

Top