Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 01:31 / 08.12.2015
9438
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniya fermalaridan birida yovvoiy to‘ng‘iz sigirlar to‘dasiga borib qo‘shildi
Germaniyaning Gamburg shahri atrofidagi fermalardan birida yovvoiy to‘ng‘iz sakkiz sigirdan iborat to‘daga borib qo‘shildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Fermer Dirk Rezening aytishicha, Banan deb nom olgan to‘ng‘iz sigirlar bilan ikki oydan beri birga yashab kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, yovvoiy cho‘chqa o‘zini juda yaxshi his qilyapti.
Banan mahalliy aholi orasida mashhur bo‘lib ketdi va endi u ovchilar qo‘liga oson tushib qolishdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi. “Uning alohida mavqeyi bor”, — deydi Riz.

