09:43 / 08.12.2015
2672

Hindistonda Yaponiyaning tezyurar poyezdi paydo bo‘lishi mumkin

Hindiston va Yaponiya hukumati Hindistonda quriladigan “Sinkansen” tezyurar poyezdi yo‘lini qurish shartnomasini imzolashni maqsad qilishgan. Bu haqda Nikkei Asian Review nashri xabar bermoqda.

Temir yo‘l Mumbayning aholi zich yashaydigan hududlaridan to Ahmadobod shahrigacha cho‘zilishi, uning uzunligi 505 km bo‘lishi kutilmoqda. Soatiga 320 km tezlikda harakatlanish natijasida ikki soatdan sakkiz soatgacha bo‘lgan vaqt tejaladi.

Ikki davlat bosh vazirlari —Sindzo Abe va Narendra Modi 12 dekabr kuni bu borada qo‘shma bayonot imzolashadi.

Top