Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:44 / 08.12.2015
7848
1 daqiqa o‘qiladi
Krasnodarda o‘zbekistonlik quruvchi 18 qavatdan yiqilib halok bo‘ldi
Rossiyaning Krasnodar shahrida baland qavatli uy qurilishida ishlayotgan 30 yoshli o‘zbekistonlik quruvchi 18 qavatdan yiqilib, olingan jarohatlardan shifokorlar yetib kelguncha halok bo‘ldi.
Quruvchining o‘limiga texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani olib kelgan. U balandlikda ishlashda majburiy bo‘lgan xavfsizlik kamaridan foydalanmagan va qandaydir lahzada o‘z muvozanatini yo‘qotib, pastga yiqilib tushgan. Ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshlangan. Uning natijalariga ko‘ra protsessual qaror qabul qilinishi aytilmoqda.