Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:48 / 08.12.2015
5012
1 daqiqa o‘qiladi
Moskva metrosida bir kishi relslarga tushib ketib halok bo‘ldi
Moskva metropolitenining “Kalujskaya” bekatida bir erkak relslarga tushib ketdi va o‘sha yerda olamdan o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Erkak “Kalujskaya” bekatida relslarga tushib ketib, halok bo‘ldi”, - deb bayonot berdi favqulodda xizmatlar vakili.
Buning natijasida metro poyezdlari grafikdan 28 daqiqaga ortda qolgan.