09:31 / 08.12.2015
2155

Noyabr oyida Xitoyning tashqi savdosi 4,5 foizga kamaydi

2015 yil noyabr oyida Xitoy tashqi savdosi hajmi 2014 yilning shu davriga nisbatan 4,5 foizga kamayib, 2,16 trln yuan($337 mlrd)ga yetdi. Bu haqda XXR Bosh bojxona boshqarmasi xabar qildi.

Bunda noyabr oyida Xitoy eksporti hajmi 3,7 foiz - 1,25 trln yuan ($195 mlrd)gacha, importi esa 5,6 foiz - 910 mlrd yuan($142 mlrd)gacha qisqardi.
Yanvar-noyabr oylarida Xitoy tashqi savdo aylanmasi yillik hajmda 7,8 foizga qisqarib, 22,08 trln yuan ($3,45 trln )ni tashkil etdi.

Joriy yilning 11 oyi davmida XXR eksporti hajmi 2,2 foizga kamayib, 12,71 trln yuan($1,98 trln)dan iborat bo‘ldi. Xuddi shu davrda import miqdori 14,4 foizga pastlab, 9,37 trln yuan ($1,46 trln)ga yetdi.

Top