17:47 / 08.12.2015
2579

Samarqandda fuqaroning telefonini tortib olgan 3 nafar shaxs qo‘lga olindi

Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limiga 25 yoshli fuqaro murojaat qilib, uch nafar noma'lum shaxs unga tegishli “Nokia” rusumli qo‘l telefonini ochiqdan-ochiq tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma'lum qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini mahalliy aholiga mansub 17, 19 va 21 yoshli uch nafar yigitlar sodir etganligi fosh etilib, qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top