13:13 / 09.12.2015
8490

Toshkent davlat agrar universitetida OITSga qarshi kurashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat agrar universiteti faollar zalida “Biz yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz, OIST ga yo‘l qo‘ymaymiz!” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda hamkor tashkilotlardan Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari, Hotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Fayziyeva, Toshkent  viloyati OITS kurash markazi bosh vrach o‘rinbosari N.Nosirova, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimi mayor Sh.Sodiqova hamda “Kamolot” YoIH BT yetakchisi Sh.Durxodjayev ishtirok etdi.

Ular o‘z ma'ruzalarida barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlod ongiga sog‘lom turmush tarzi tushunchalarini singdirish, ular salomatligini mustaxkamlash, o‘z sog‘ligini asrashga mas'uliyatini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratishdi. Mazkur tadbirda 16-25 yoshgacha bo‘lgan talaba yoshlar ishtirok etib, “Barkamol avlod yoshlari OIV/OITS ga qarshi”, “XXI asr vabosi”,

“Giyohvandlik inson umrining kushandasi” mavzularida insho va rasm chizish tanlovi o‘tkazilib, unda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash  fakulteti 2-bosqich talabasi X.Abdullayeva hamda Meva, sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti 2-bosqich talabasi F.Qarshiyevalar “Kamolot” YoIH Toshkent viloyati Kengashi hamda Sog‘lom avlod jamg‘armasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.   

Top