08:40 / 10.12.2015
4553

Tsukerberg musulmonlarni qo‘llab-quvvatlab chiqdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg o‘z sahifasida AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Donald Trampning musulmonlarga qarshi chiqishlariga javoban post qoldirdi.

"Barcha yahudiylar kabi ota-onam meni ham tajovuzlarga qarshi turishga o‘rgatgan. Bunday tajovuz qaysi dinga nisbatan amalga oshirilishidan qat'i nazar men bunga doim qarshiman. Agar bugun sizga hujum qilishmayotgan bo‘lsada, qarshi turishingiz kerak, bunday tajovuz butun dunyoga zarar keltiradi", deya yozadi u.

Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, nafrat tsinizm yo‘lini ochishi mumkin, lekin odamlar bir-birlariga yaxshilik qilishni davom ettirishsa, kelajakda yaxshi dunyo qurish mumkin bo‘ladi.

Top