18:21 / 10.12.2015
5030

Polshaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili to‘satdan vafot etdi

2015 yilning 10 dekabr kuni Polshaning Toshkent shahridagi elchixonasiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Elchixonada Polsha Respublikasi Muvaqqat ishlar vakili Valdemar Kovalskiyning to‘satdan vafot etganligi munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi.

Top