13:45 / 10.12.2015
3461

Qirg‘izistonda diniy arboblar prezidentga terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha takliflar bilan chiqishdi

“Diniy arboblar terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha masalalarni muhokama qilish uchun maydoncha hosil qilib, mamlakat rahbariyati – prezident va boshqa yuqori lavozimli amaldorlarga Qirg‘izistonning ichki va tashqi xavfsizligi yuzasidan bayonot qabul qilishdi”, - dedi “Eldik demilge” jamoat-siyosiy harakati vakili Jyenish Moldokmatov davra suhbatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentga murojaatdan mamlakatda diniy sohadagi mavjud vaziyat va uning atrofidagi muammolarni hal etishga oid 10 taklif o‘rin olgan.

Jumladan, qanday qilib radikal g‘oyalarga qarshi islom asosidagi g‘oyaviy tizimni barpo etish, islom dinini OAVdagi tajovuzkor atamalardan himoya qilish kabi takliflar ilgari surilgan. Hujjatda “islomchi terroristlar”, “islomchilar”, “islom fundamentalizmi” kabi atamalardan foydalanishni taqiqlash, ilohiyotshunoslar, psixologlardan iborat mobil guruhlarni tashkil etib, yoshlar o‘rtasida profilaktika tadbirlarini o‘tkazish ham taklif sifatida keltirilgan.

Top