11:44 / 11.12.2015
2950

O‘zbekiston va Yaponiya savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

10 dekabr kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Fumixoko Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli bo‘lgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnikaviy hamkorlik, shu jumladan 2015 yilning 24-26 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasiga Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe tashrifi natijalari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi borasidagi muhum masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Top