15:51 / 11.12.2015
12469

Qirg‘izistonlik deputat O‘zbekistonga bog‘lanib qolmaslik uchun chegara kanallarini qurishni taklif qildi

O‘zbekistonga bog‘lanib qolmaslik uchun chegaraoldi zonasida kanallar qurish zarur. Bunday tashabbus bilan “Respublika – Ata Jurt” partiyasining Jo‘qorg‘i Kengashdagi fraksiyasi vakili, qirg‘izistonlik siyosatchi Umbetali Qidiraliyev parlamentning 10 dekabrdagi yig‘ilishida chiqdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, yaqinda qurilishi bitirilgan Irinjit kanali chegara yaqinidagi Kerben va Irinjit qishloqlarini sug‘orma suv bilan ta'minlamoqda.
“Ammo suv muammolari hal qilinmay qolmoqda: O‘zbekiston hududidan kelayotgan oqim 20 foizgacha kamaymoqda. O‘zbekistonga muhtoj bo‘lib qolmaslik uchun Oqterak kanalini qurib bitirish lozim. Byudjyetda bu qurilish uchun mablag‘ ajratishni inobatga olish kerak”, - dedi deputat.

Top