10:58 / 11.12.2015
2499

Qozog‘iston xalq yozuvchisi Abish Kekilbayev olamdan o‘tdi

Qozog‘istonlik davlat va jamoat arbobi, Qozog‘iston mehnat qahramoni, xalq yozuvchisi, filolog, Ijtimoiy fanlar akademiyasi akademigi, al-Forobiy nomli Qozoq milliy universiteti va L. Gumilyov nomli Yevrosiyo davlat universiteti faxriy professori Abish Kekilbayev olamdan o‘tdi.

Abish Kekilbayev 1939 yilning 6 dekabrida Mang‘ishloq viloyatining O‘ngdi qishlog‘ida dunyoga keldi. 1962 yili Qozoq davlat universitetining Filologiya fakultetini tamomladi. Shundan so‘ng turli davlat tashkilotlarida ishlab keldi. Qator gazetalarda mas'ul lavozimlarni egallab keldi.
Oliy Kengash deputatligiga ikki marta saylandi. 1995 yilga qadar Oliy Kengashga raislik qildi, so‘ng Qozog‘iston prezidentining davlat maslahatchisi sifatida faoliyat olib bora boshladi.

Umri davomida ko‘plab asarlar yaratish bilan birga, qozoq tiliga jahon adabiyotining qator mumtoz namunalarini o‘girdi. Qozog‘iston mehnat qahramoni.

Top