07:53 / 11.12.2015
2558

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaga kredit berish uchun qoidalariga o‘zgartirish kiritdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) jumladan Ukrainaga kredit berish uchun qoidalariga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda jamg‘armaning matbuot bayonotida aytilmoqda. Endi XVJ Ukrainaga mamlakatning yevrobondlar bo‘yicha defolti 3 mlrd dollarni tashkil qilishiga qaramasdan moliyaviy yordam berish dasturini davom ettira oladi.   

XVJ kredit berishning yangi qoidalarining kiritilishini Parij klubiga kirmaydigan ba'zi mustaqil kreditorlar ta'sirining oshayotgani bilan tushuntirdi. Gap, xususan, Xitoy, Braziliya, Hindiston, Saudiya Arabistoni kabi davlatlar tomonidan kreditlar taqdim qilinayotgani haqida ketmoqda.

“Bu islohotlar kelajakda suveren qarz bo‘yicha ixtiloflarni samaraliroq hal qilishni ta'minlashga imkon beradi”, deb aytilmoqda XVJ xabarida.

Bunday qarorning qabul qilinishiga minoritar kreditorlarning xatti-harakatlari butun davlatning defoltiga olib kelishi mumkinligi ham sabab bo‘lgan.

Top