21:49 / 13.12.2015
13000

Hafta dayjesti: Iroqdagi turklar, Karimovning chiqishlari, Trampning mashmashalari va boshqa muhim hamda qiziq hodisalar

Kun.uz sayti yakunlangan haftaning eng asosiy voqealarini eslatib o‘tadi.

5 dekabr kuni Iroqning Mosul shahri yaqiniga 900 nafar askarini joylashtirgan Turkiya hali hamon bu bo‘linmani olib chiqib ketmadi. 
Ashxobodda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov mintaqa uchun dolzarb masalalar bo‘yicha chiqishlar qildi.
Rossiya Xodorkovskiyni qotillikda ayblab, uning vatanga qaytishi ehtimollarini butunlay yo‘qqa chiqardi.
Parijda 2 hafta davom etgan BMTning iqlimiy sammiti yakunlandi.
Quyida shu va haftaning boshqa asosiy voqealari bilan yaqindan tanishish mumkin.

Turkiya-Iroq munosabatlari

Bag‘dod Turkiya elchisiga Iroq shimoliga turk harbiylari kirib borishi yuzasidan norozilik bildirdi

Turkiya Bag‘dodning noroziliklaridan keyin Mosulga harbiylarini jo‘natishni to‘xtatdi

Turkiya Bag‘dod norozilik bildirgach ham qo‘shinlarini Iroq hududidan olib chiqmadi

Dovudo‘g‘lu: Iroqqa qo‘shinlar olib kirilishi – tajovuz emas, balki qo‘llab-quvvatlash harakatidir

Iroq Turkiya ustidan BMT xavfsizlik kengashiga arz qiladi

Erdo‘g‘an: turk harbiylarining Iroqdan olib chiqib ketilishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas

Erdo‘g‘an: Iroqning BMTga shikoyat qilishi noinsoflik

Iroq XKga yozgan maktubida Turkiya BMT nizomini buzganini bayon qilgan

Iroq BMT Xavfsizlik kengashidan Turkiyani Iroq hududini tark etishga majburlashini so‘radi

 

Islom Karimov mintaqadagi vaziyat haqida

Islom Karimov: Afg‘onistondan harbiy koalitsiya kuchlarining olib chiqilishi vaziyatni yomonlashtirdi

Islom Karimov: O‘zbekiston Turkmanistonning betaraflik strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

Islom Karimov: Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida muzokaralarni qayta tiklash muhimdir

Islom Karimov: Berdimuhamedov betaraflik xalqaro munosabatlar va hamkorlik aloqalaridan o‘zini tiyish degan tushunchalarga chek qo‘ydi

O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari o‘zaro hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilishdi

 

Xodorkovskiy Rossiga qayta olmaydi

Xodorkovskiy: Rossiya inqilobdan qochib qutila olmaydi

Xodorkovskiy: Rossiya hukumati muammolari 2018 yilda yuzaga chiqadi

Xodorkovskiy: Siyosat bilan shug‘ullanish menga yoqmaydi

Rossiya bosh prokuraturasi Xodorkovskiyni ekstremizmda gumon qilmoqda

Xodorkovskiy Nefteyugansk hokimini o‘ldirishni tashkillashtirishda ayblandi

Xodorkovskiy unga qo‘yilgan ayblar tufayli rejalarini o‘zgartirmoqchi emas

 

Tramp va musulmonlar

Tramp AQShga musulmonlarni kiritmaslikni taklif qildi

Tramp: musulmonlarni AQSh hududiga kiritmaslik lozim, bizda boshqa chora yo‘q

Kemeron: Trampning AQShga musulmonlarni kiritmaslik to‘g‘risidagi fikri “noto‘g‘ri”

Karli Fiorina: Tramp Klinton uchun bayramona qog‘ozga o‘ralgan sovg‘adir

Oq uy Trampning fikridan so‘ng, uni saylovlarda qatnashmasligi zarurligini aytdi

Tramp: musulmon-birodarlar fikrimga qo‘shilishdi

Trampning Britaniyaga kiritilishini taqiqlash iltimosnomasi rekord o‘rnatdi

Tsukerberg musulmonlarni qo‘llab-quvvatlab chiqdi

Muhammad Ali Trampni AQShdagi musulmonlarga qarshi malomatlari uchun tanqid qildi

Trampni yana bir nufuzli shaxs qoraladi

 

Parijda BMTning Iqlimiy sammiti yakunlandi

Parijda o‘tkazilgan BMTning Iqlimiy konferensiyasida yakuniy hujjat qabul qilindi

Parijda iqlim masalalari bo‘yicha yangi kelishuv tasdiqlandi

Parijda iqlim kelishuvlarining yakuniy bosqichi

BMTning iqlim masalalari bo‘yicha yangi kelishuvi hujjati 22 aprel kuni imzolanadi

 

Shuningdek, o‘tgan haftaning muhim xabarlari:

Obama: AQSh IShIDni yo‘q qiladi

Turkiya TIV: IShIDning yengish uchun quruqlikdagi harbiy amaliyotlarni boshlash kerak

CNN siyosiy sharhlovchisi Trampni Gitlerga tenglashtirdi

Time jurnali o‘quvchilari “Yil odami”ni tanlashdi

NATO IShID bilan kurashish uchun Suriyaga harbiylar jo‘natadi

Independent: Buyuk Britaniya xristian davlati maqomidan judo bo‘lishi mumkin

IShID ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish maqsadida olimlarni yollamoqda

Rossiya O‘rta Yer dengizida IShIDga qarshi kurash boshlamoqchi

Medvedev: Anqara urush uchun asos berdi

OAV: Bag‘dodiy Liviyaga ko‘chib o‘tdi

Erdo‘g‘anning vakili: Turkiya Bosfordagi voqea takrorlansa, tegishli choralarni ko‘radi

Rossiya Turkiyada AES qurishni to‘xtatdi

Germaniya Suriyaga ilk samolyotlarini jo‘natdi

Bloomberg Rossiyaning Suriyadagi operatsiyaga qancha pul sarflayotganini aniqladi

Shoygu: IShID Suriya hududining 70 foizlik qismida nazorat o‘rnatgan

O‘rta osiyolik IShID jangarilari soni bir yarim yilda 300 foizga oshdi

Alisher Usmonov Putinga metallurglar qancha oylik olayotganini aytdi

Politico: Rossiya Suriyada biror natijaga erisha olmadi

Neft narxi 2009 yildagi minimumni yangiladi

Klinton IShIDni yengish sirini biladi

Dmitriy Peskov: Rossiya Damashqqa qurol-aslaha yetkazib bermoqda

IShID Afg‘oniston shimolida yangi baza tashkil etmoqda

14 dekabr kunidan Yaman hukumati bilan husiychilar o‘rtasida tinchlik sulhiga amal qilina boshlaydi

Yevro-2016 turniri uchun qur'a tashlandi

Tatariston muftiysi: IShIDning chiqishi payg‘ambarimiz tarafidan bashorat qilingan

“Har tong uyg‘onganingda senga 86400 dollar beriladi, yagona shart...”

WikiLeaks: Erdo‘g‘an shaxsan o‘zi Rossiya samolyotini urib tushirishga buyruq bergan


O‘zbekiston xabarlari

O‘zbekistonda 2016 yilda oylik ish haqi miqdori inflyatsiya sur'atlaridan ortiq darajada oshiriladi

Gendelning Amir Temur haqidagi operasi o‘zbek tiliga o‘girildi

2017 yilda "O‘zavtosanoat" MAN og‘ir yuk mashinalari uchun ilk kabinalarni ishlab chiqarishni boshlaydi

O‘zbekiston Afg‘oniston muammosi bo‘yicha pozitsiyasini aytdi

O‘zbekiston TIV: terrorchilikka qarshi kurash butun islom dunyosiga qarshi ziddiyatga aylanib ketmasligi kerak

Germaniya HHK ijraga olingan Termiz aeroportini tark etadi

Chorvoq gidroelektr stansiyasining uchinchi gidroagregati modernizatsiya qilindi

O‘zbekistonda benzin taqchilligi muammosini hal etish yo‘li topildi


Top