12:26 / 13.12.2015
7788

Samarqandda yo‘lning o‘rtasida hosil bo‘lgan chuqurga avtoulov tushib ketmasligi uchun mahalliy aholi uni chiqindi bilan to‘ldirmoqda

Samarqand shahrining Sartepa maskaniga boruvchi asosiy yo‘lning o‘rtasida bitta avtoulov sig‘adigan chuqur hosil bo‘lgan.

"Zarafshon" gazetasida yozilishicha, bu holatga mutasaddilar e'tibor berishmagach, mahalliy aholi uni chiqindi bilan to‘ldirishga urinmoqda. Hatto ayrimlar avtoulov yoki biror kimsa bexosdan tushib ketmasligi uchun chuqurda «daraxt o‘stirishga» harakat qilishmoqda.

Qayd etilishicha, asosiy yo‘ldagi bunday nosozliklarni bartaraf etishga na tegishli tashkilotlar, na yo‘l qurilishiga mas'ullar, hududdagi mahalla fuqarolar yig‘ini mutasaddilari hafsala qilishmoqda.

Top