09:30 / 13.12.2015
2846

Voronej viloyatidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasi binosida yong‘in chiqib, 21 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Voronej viloyatidagi ruhiy kasalliklar internatida yong‘in yuz berishi tufayli kamida 21 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi manbasiga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.

Yong‘in ro‘y bergan hududdan 19 kishining jasadi topilgan, yana 2 kishi shifoxonada jon bergan.

Shuningdek, yong‘in tufayli turli darajadagi kuyish jarohatlari olgan va gazdan zaharlangan 22 kishi shifoxonada qolmoqda.

Yana ikki kishining taqdiri noma'lum.

13 dekabrga o‘tar kechasi Alferovka qishlog‘idagi ushbu dispanserda yong‘in chiqqan va 600 kv m maydonni qamrab olgan.

Hududdan 57 kishi evakuatsiya qilingan. Bir qavatli g‘ishtin bino butunlay yonib ketgan.
Ayni vaqtda ushbu hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Top